Ukrainada havo hujumi haqida ogohlantirish eshitilmoqda, deb xabar bermoqda mahalliy nashrlar. Avvalroq mutasaddi idoralar aholini elektr ta`minotidagi jiddiy muammolar haqida ma`lum qilgan edi.
E`lon qilingan havo ogohlantirishi haqidagi ma`lumot Ukraina viloyatlari ma`muriyatining telegram kanallarida tasdiqlangan. Avvalroq payshanba kuni ertalab Kiev, Poltava va boshqa bir qator viloyatlarda favqulodda ogohlantirish signallari yangragani ma`lum qilingan.
Ukrainada havo hujumi haqida ogohlantirish e`lonlarida, mahalliy aholidan yashirinish mumkin bo`lgan boshpanalarga yaqinroq bo`lishlari so`ralgan. Favqulodda holatga Ukrainaning muhim infratuzilmasini muntazam ravishda o`qqa tutilishi sabab bo`lgan. Vladimir Zelenskiyning so`zlariga ko`ra, hozirda Ukrainada energiya ta`minoti manbalarining uchdan bir qismi yo`q qilingan.
Ukrainaning muhim infratuzilmasini o`qqa tutish 10 oktyabr kuni, Qrim ko`prigida sodir etilgan teraktdan so`ng boshlangan edi.






