"O`zgidromet" 21 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Havo harorati 20-25° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.






