Termiz shahar sobiq hokimi I.Xudayberdiev va yana bir qancha mansabdor shaxslar 5 ta holat bo`yicha davlatga 19,7 mlrd so`m moddiy zarar etkazganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Bosh prokuratura tomonidan mazkur shaxslarning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi "a" bandi, 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) 2-qismi "a" bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar aniqlanib, Termiz shahar sobiq hokimi I.Xudayberdiev va bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
21.10.2022 05:21
Termiz shahrining sobiq hokimi qamoqqa olindi






