"O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan:
-Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
-hududiy boshqarma va bo`limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi;
-hududiy bo`limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki ta`sir o`tkazish qat`iy taqiqlanadi.
2023 yil 1 iyulgacha Kadastr agentligi organlariga taalluqli ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni “E-ma’muriy ish” tizimi orqali elektron ko`rib chiqish imkoni yaratiladi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
▫️Kadastr agentligi markaziy apparatida – Fazoviy ma`lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;
▫️Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida – chegara masalalari bo`yicha bosh mutaxassis lavozimi;
▫️Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida – Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
▫️“Geoinnovasiya markazi” DUK tuzilmasida – qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, doktorantura faoliyati, Fazoviy ma`lumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi.
Yangi o`zlashtirilgan erlar Qishloq xo`jaligi vazirligi xulosasiga muvofiq viloyat hokimlari qaroriga asosan qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlar toifasiga kiritiladi.
Shuningdek qaror bilan 2023–2026 yillarda Kadastr agentligi faoliyatining asosiy prognoz ko`rsatkichlari va uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi.
Unga ko`ra agentlik 25 169 gektar er uchastkalarini o`lchab ularning elektron xaritalarini yaratadi.






