AsosiyJamiyat

Termiz shahar sobiq hoкim va o`rinbosarlarining jinoyati bo`yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

'Termiz shahar sobiq hoкim va o`rinbosarlarining jinoyati bo`yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi'ning rasmi

Termiz shahrining sobiq hokimi va uning o`rinbosarlari hibsga olingani haqida xabar bergan edik. 

Bosh prokuratura tomonidan Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kun holatiga Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat va jamiyat hamda tadbirkorlarning manfaatlariga 35,6 mlrd. so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Shu sababli, joriy yil 24 sentyabr kuni Termiz shahar sobiq hokimi, keyinchalik uning 2 nafar o`rinbosari va jinoyatga aloqador boshqa 8 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish”  ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. 

"Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar