AsosiyJamiyat

22-23 oktyabr kunlari Toshkent shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtinchalik o`chiriladi

'22-23 oktyabr kunlari Toshkent shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtinchalik o`chiriladi'ning rasmi

2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish doirasida katta hajmli suv o`tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta`mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan 22 oktyabr soat 12:00 dan 23 oktyabr soat 24:00 gacha Toshkent shahrining bir necha hududlarida ichimlik suvi vaqtincha o`chiriladi.


Mirzo Ulug`bek tumanida:
- Maxtumquli ko`chasi: O`zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi, “O`zbekiston” mehmonxonasi;
- Shaxrisabz ko`chasi: “Le Grand Plaza” mehmonxonasi, “Ipoteka bank”, “OTTO” kafesi, O`zbekturizm,  “Nuroniy” jamg`armasi, “Brookland” avtomobil yuvish shaxobchasi;
- Istiqlol ko`chasi: "BLA BLA" bar, 50-maktab, Aloqa liseyi, Energetika vazirligi, “1991” kafesi, Trilliant kompleksi.
- Indoneziya, Yaponiya, Fransiya, Turkiya, Ukraina, Belarus va Xitoy elchixonalari;
- Travmatologiya markazi, Ortopediya markazi, Shahar DSENM, “To`ytepa” mahallasi, 1-sonli poliklinika;
- Milliy bank, Tabiatni muxofaza qilish qo`mitasi, 2 ta cherkov, Yashnobod soliq idorasi, O`zbekneftgaz boshqarmasi;
- 145-sonli maktab, 222 va 559-sonli bolalar bog`chasi;
- 6-sonli shahar tug`uruqxonasi, Mahalla jamg`armasi, Yashnobod xokimyati, Respublikasi bosh prokraturasi, Anjumanlar saroyi, 
- O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi binosi;
- Farg`ona yo`li-13 ko`cha, Farg`ona yo`li-15 ko`cha, Bojxona boshqarmasi, Farg`ona yo`li ko`chasidagi 20 ta korxona, Qashqadaryo ko`chasi tor ko`chalari bilan, Boku ko`chasi tor ko`chalari bilan, “Ma`rifat” MFY, “Shirmonbuloq” MFY.


Yunusobod tumanida:
“Briliant” biznes markazi, “Mobiuz” telefon kompaniyasi, O`zbek pochtampti, “Ugolok” kafesi, “Hayot” mehmonxonasi, “Poytaxt” savdo markazi, “Toshkent” mehmonxonasi, Sayilgoh ko`chasi, Adliya vazirligi, "Sity PALASE" mehmonxonasi, Huquqshunoslik universiteti va Gofman universiteti.


Mirobod tumanida:
- “Salar”, “Mingo`rik”, “Movarounnahr”, “Tong yulduzi”, “Sharof Rashidov” mahallalarida;
- A.Temur ko`chasi, Shahrisabz, Buxoro, Zarafshon, Taras Shevchenko, Islom Karimov, Fidokor ko`chasi, Qo`shko`prik, Mehrjon ko`chalarida;
- Inoqobod ko`chasi tor ko`chalari bilan birga, Temiryo`lchilar ko`chasi tor ko`chalari bilan birga, Sariqko`l ko`chasi, Eski Sariqko`l ko`chasi;
- Farg`ona yo`li ko`chasi bo`ylab, Nukus ko`chasidan Tolimarjon ko`chasigacha, Toshkent shahar kasaba uyushmasi binosi;
- 1-sonli Respublika klinik kasalxonasi va Harbiy prokuratura, Teri-tanosil kasalliklari kasalxonasi, Qon quyish markazi, mehmonxona, Afrosiyob zavodi, “Chayna taun” restorani, “Tibbiy sudekspertiza”, Ya.G`ulomov ko`chasi, Immunologiya instituti, A.Qodirova ko`chasi, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, 4-sonli tug`uruqxona.


Chilonzor tumanida:
- Iqtisodiyot vazirligi, Prezident akademiyasi, hukumat garaji, Afrosiyob ko`chasi 2-uy;
- Xumo arena, Beshyog`och ko`chasi Boks federasiyasi, Beshyog`och ko`chasidagi ko`p qavatli uylar va Beshyog`och ko`chasidagi mehmonxona.


Yakkasaroy tumanida:
- “Yunus Rajabiy” mahallasi, “Tepa” mahallasi;
- Prezident Administrasiyasi, Ichki ishlar vazirligi binosi, Prezident Xavfsizlik xizmati binosi, Interpol binosi;
- Turkiston mehmonxonasi, A.Qaxxor muzeyi, Yu.Rajabiy muzeyi, Islom Karimov nomidagi ilmiy ma`rifiy yodgorlik majmuasi;
- 323-sonli MTM, IIVga qarashli MTM, UDAP va Samarqand nasos stansiyasi hududidagi Sh.Rashidov, Samarqand, Afrosiyob ko`chalaridagi ko`p qavatli uylar.

"Suv ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilgan hududlar maxsus texnika yordamida ichimlik suvi bilan ta`minlanadi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar