AsosiyJamiyat

Qarshi shahrining sobiq hokimi 24 soatga qolmay qamoqdan chiqdi

'Qarshi shahrining sobiq hokimi 24 soatga qolmay qamoqdan chiqdi'ning rasmi

Qashqadaryo prokuraturasi Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilovga nisbatan qo`llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinganini ma`lum  qildi.

Ma`lumot uchun:

Jamshid Fozilov 2016 yil 9 iyul kunidan 2019 yil 26 oktyabr kuniga qadar Qarshi shahri hokimi lavozimida ishlab kelishi davomida o`ziga berilgan mansab vakolatlaridan qasddan foydalanib, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni amalga oshirgan.

U O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga zid ravishda ularni noto`g`ri talqin qilish orqali davlat zaxirasidagi erlarni va boshqa mulklarni, shaxsiy mulki sifatida tasarruf etgan. Qarshi shahar hokimligi huzuridagi er uchastkalariga egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish masalalarini ko`rib chiqish doimiy komissiya a`zolari — shahar hokimining qurilish bo`yicha o`rinbosari U.Avazov, shahar hokimligi bosh yuriskonsulti Sh.Buxarov, shahar bosh arxitektori Sh.Bo`ronov, Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filiali boshlig`i M.Xushov va boshqalar bilan shahar hududidagi er maydonlari va boshqa infratuzilma ob`ektlarini noqonuniy ravishda soxta hujjatlar asosida berish haqida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018—2019 yillar davomida 54 ta holatda umumiy qiymati 60 milliard 512 million bo`lgan jami 463,212,13 metr/kv er uchastkalarini o`z kuchini yo`qotgan Vazirlar Mahkamasi qarorlari yoki boshqa soxta ma`lumot, yozuvlar kiritib tayyorlangan dalolatnomalarga asosan, auksionsiz noqonuniy er ajratish to`g`risida qarorlar qabul qilib talon-toroj qilgan, — deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Qo`shimcha qilinishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudining 2022 yil 20 oktyabrdagi ajrimiga ko`ra, Jinoyat prosessual kodeksining 242-2-moddasiga asosan viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog`i ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sudning mazkur ajrimiga nisbatan Qarshi shahar prokurori tomonidan viloyat sudining Jinoyat ishlari bo`yicha apellyasiya instansiyasiga apellyasiya tartibida protest keltirildi. Jinoyat ishlari bo`yicha viloyat sudining yakuniy to`xtamidan keyin jinoyat ishi bo`yicha qo`shimcha ravishda tegishli munosabat bildiriladi, — deyiladi prokuratura munosabatida.

    Boshqa yangiliklar