AsosiyJamiyat

Mudofaa vaziriligi Sirdaryodagi portlashda aholiga etkazilgan zararni qoplash choralarini ko`rmoqda. Qolgan o`q-dori zaxirasining xavfsizligi ta`minlanganmi?

'Mudofaa vaziriligi Sirdaryodagi portlashda aholiga etkazilgan zararni qoplash choralarini ko`rmoqda. Qolgan o`q-dori zaxirasining xavfsizligi ta`minlanganmi?'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism omborida sodir bo`lgan yakka tartibda portlash bo`yicha harbiy mutaxassislar tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar hamda og`ir jarohat olganlar yo`q. Portlash oqibatida harbiy qism atrofdagi ayrim mahallalardagi engil konstruksiyalar, oynalarga shikast etgan.

Ayni vaqtda mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda, harbiy qism atrofida joylashgan mahallalar qamrab olinib, etkazilgan zararni aniqlash hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko`rilmoqda. 

Ta`kidlash kerakki, harbiy qismdagi o`q-dori zaxirasi xavfsizlik talablariga javob beradigan, Davlat standartlariga mos ravishda, zamonaviy maxsus omborlarda saqlanmoqda. Ularning xavfsizligi to`liq ta`minlangan. 

Vazirlik fuqarolardan holat bo`yicha tasdiqlanmagan ma`lumotlarni tarqatmaslik, faqatgina Mudofaa vazirligi hamda boshqa mas`ul idoralarning rasmiy saytlari hamda ularning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e`lon qilingan axborotlardan foydalanish so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar