AsosiyDunyo

Amerikada ichida yo`lovchilari bo`lgan samolyot uy ustiga quladi(video)

'Amerikada ichida yo`lovchilari bo`lgan samolyot uy ustiga quladi(video)'ning rasmi

Amerikaning Kin shahrida (Nyu-Gempshir) yo`lovchilari bo`lgan samolyot bino ustiga quladi. 

Bortdagi barcha odamlar halok bo`lgan. O`lganlarning aniq soni ma`lum emas. 

Xabarlarga ko`ra, vayron bo`lgan binoda istiqomat qiladigan bir necha oila a`zolarilaridan hech biri jabrlanmagan. Halokat sodir bo`lgan  payt ular uyda bo`lishmagan.

“Ko`p qavatli uyda jabrlanganlar yo`q. Afsuski, samolyotda bo`lganlar halok bo`ldi”, — deyiladi shahar ma`muriyati bayonotida. 

Hodisa haqida AQSh Federal aviasiya boshqarmasiga xabar berildi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, voqea joyida portlash sodir bo`lgan, shundan so`ng yong`in boshlangan.

    Boshqa yangiliklar