AsosiyDunyo

Germaniya Ukrainaga qurol-yarog`lar va harbiylar uchun qishki kiyim-kechak berdi

'Germaniya Ukrainaga qurol-yarog`lar va harbiylar uchun qishki kiyim-kechak berdi'ning rasmi

Germaniya Ukrainaga qurol-yarog`larning yangi partiyasini va harbiylar uchun qishki kiyim-kechak va jihozlarning paketlarini topshirdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi. 

Ta`kidlanishicha, Germaniya taqdim etgan yangi partiyada  qurol-yarog`lar soni ko`paytirilgan, ya`ni ro`yxatda beshta zirhli evakuasiya mashinasi, ettita og`ir va o`rta ko`prik tizimi, o`qotar qurollar uchun 167 000 patron, 100 ta chodir, 183 generator, 116 mingta qishki kurtkalar, 80 ming qishki shim, 240 ming qishki bosh kiyimlar mavjud. 

 Va nihoyat, o`tgan hafta OAV xabar qilganidek, ZRK Iris-T SLM havo mudofaa tizimining topshirilishi rasman tasdiqlangan. 

Germaniya hukumati tomonidan 2022 yil 1 yanvardan 2022 yil 10 oktyabrgacha bo`lgan davrda Ukrainaga harbiy tovarlar eksporti uchun berilgan lisenziyalarning umumiy qiymati 796 812 445 evroni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar