AsosiyJamiyat

Nodavlat professional ta`lim lisenziyasini olish talablari soddalashtirildi

'Nodavlat professional ta`lim lisenziyasini olish talablari soddalashtirildi'ning rasmi

“Nodavlat sektorda professional ta`limni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestasiyadan o`tkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” Hukumat qarori (612-son, 19.10.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Qarorga ko`ra:

  •  nodavlat professional ta`lim tashkilotlari uchun davlat mulki ob`ektlarini ijaraga olishning eng ko`p muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi;

 

  •  nodavlat ta`lim tashkilotlarining professional ta`lim xizmatlarini ko`rsatish uchun bankdagi hisobvarag`iga qo`yiladigan mablag` miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali lisenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar