AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida Kadastrlar palatasi muhandisi 10,4 ming AQSh dollari pora bilan ushlandi

'Toshkent viloyatida Kadastrlar palatasi muhandisi 10,4 ming AQSh dollari pora bilan ushlandi'ning rasmi

Er maydonlari savdosi bilan bog`liq yana bir firibgarlik holatlari fosh  etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.A. va Kadastlar palatasi Yangiyo`l tumani filiali muhandisi Sh.X. “U.Yu.” agrofirmasiga qarashli 32 sotix er maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo`li bilan 29 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Shu kabi, Departament, DXX va IIVning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Ulug`nor tumani fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa egalari kengashi hisobchisi D.Sh. fuqaro Sh.ning opasi M.ning nomiga tashqil qilingan “Yoshlar bog`i” hududidan 3,5 gektar er maydonini dehqonchilik qilish uchun ajratib berish evaziga 4 mln so`m pulini olib, keyinchalik ushbu er maydonini onlayn-auksion orqali yutib olib berish va kadastr xujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar