Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, viloyat “Chorvanasl” markazining Urganch tumani etakchi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xo`jaligiga tegishli 50 gektar er maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo`jaligi tashkil etib, ushbu er maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 60 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
T.M.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari R.A. fuqaro N.nomiga fermer xo`jaligi tashkil qilish va er maydoni ajratib berish masalasini hal qilib berish evaziga o`z xonadonida mutaxassis T.M.dan 43 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlar o`tkazilmoqda.






