Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga “Central Asia Distribution” MChJning rasmiy vakili – distribyutori murojaat qilib, respublika hududida "Angel Drojji xlebopekarne suxie aktivne", "Angel razrxlitel testa", "Angel Drojji xlebopekarne suxie instantne" va "Droja Baker Dream" savdo belgisi ostidagi mahsulotlarning qalbakilashtirilgan nusxalari sotilayotganligini ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda Agentlik axborot xizmati.
Hududlarda joylashgan bozorlar va savdo do`konlarida kontrafakt xamirturush mahsulotlarini aniqlash yuzasidan Agentlikning hududiy tuzilmalari tomonidan 64 ta monitoring kuzatuvlari amalga oshirildi. Natijada, Agentlik tomonidan 54 ta holatda (85 foizida) savdo va xizmat ko`rsatish joylarida mahsulotlarning mavjud holatlarda uning yuridik shaxs nomi va savdo shoxobcha joyi qayd etilib, mutasaddi tashkilotlarga zarur choralarni ko`rish uchun ma`lumotnoma yuborildi.
25.10.2022 12:31
Xavfli kontrafakt "drojji"lar sotilayotgani aniqlandi






