Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan:
- Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;
- yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan o`tkazib, auksionga chiqarish;
- Muborak, Nishon, G`uzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;
- Shahrisabz shahridagi bo`sh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;
- “Rubikon Voter” texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sug`orish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;
- 2023 yil 1 iyulga qadar G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu yo`lining 100 kilometr qismini ta`mirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;
- yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga o`tuvchi 30 kilometr yo`lni ta`mirlash loyihasini ishlab chiqish;
- Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard so`m ajratish vazifasi qo`yildi.






