Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda mehnat resurslari qariyb 19 million kishiga etdi, korxonalar soni esa so`nggi uch yilda 2 baravar oshdi.
Amaldagi Mehnat kodeksi 1995 yilda qabul qilingan bo`lib, o`shanda xususiy sektor ulushi atigi 21 foiz bo`lgan, hozir 83 foizdan oshgani qayd etildi.
Shu bois, yangi kodeksda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, aholi bandligini oshirish bo`yicha ko`plab qulay sharoitlar ko`zda tutilmoqda.
Davlatimiz rahbari bu muhim kodeksni qabul qilishdan avval uning ijrosini samarali tashkil qilish asosiy masala ekani ta`kidlandi.
Bo`layotgan yangiliklarni aholiga, hamma vazirlarga, hokimlarga, 600 mingga yaqin korxona rahbarlariga etkazish, tushuntirish kerakligi ko`rsatib o`tildi.
Yig`ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
25.10.2022 14:20
Prezident topshirig`iga asosan ikki yil davomida puxta ishlanib, yangidan ishlab chiqilgan Mehnat kodeksi loyihasiga to`xtalib o`tildi






