1

Gripp va COVID o`rtasidagi farq ma`lum qilindi

Salomatlik 26.10.2022, 10:50
Gripp va COVID o`rtasidagi farq ma`lum qilindi

Gripp va COVID - bu turli viruslarning tarqalishi natijasida kelib chiqadigan nafas yo`lidagi olish kasalliklari. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) ma`lumotlariga ko`ra, gripp odatda dekabr va fevral oylari orasida eng yuqori cho`qqisiga chiqadi va grippning ta`siri mavsumga va grippga qarshi vaksina olganlikka bog`liq, deydi yuqumli kasalliklar shifokori Preeti Malani.  

COVID-19 esa ma`lum bir mavsumga bog`liq emas, ammo mutaxassislar oktyabr va yanvar oylari orasida yana bir COVID to`lqini bo`lishini taxmin qilmoqdalar.

Gripp yoki COVID asemptomatik bo`lishi mumkin bo`lsada, gripp bilan og`rigan bemorlar odatda alomatlarni kasallanishdan bir-to`rt kun o`tgach sezishadi. COVID bilan kasallangan bemorlar esa ularni ikki-besh kundan keyin yoki 14 kungacha bo`lgan vaqt mobaynida his qilishlari mumkin.  

Shuningdek, ma`lumotlarga qaraganda, COVID grippga qaraganda osonroq tarqaladi.

Gripp va COVID dastlab o`xshash bo`lib ko`rinsada, charchoq, hid yoki ta`m bilishdagi o`zgarishlar COVID dan keyingi alomatlarga xos bo`lib, hali ham o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1