1

Jaloliddin Ahmadaliev va Hamdam Sobirovlarning qo`shiqlarini ruxsatsiz namoyish etib kelgan kafe 60 million so`m jarimaga tortildi

Madaniyat 26.10.2022, 11:25
Jaloliddin Ahmadaliev va Hamdam Sobirovlarning qo`shiqlarini ruxsatsiz namoyish etib kelgan kafe 60 million so`m jarimaga tortildi

Avvalroq, Andijondagi kafelardan biri xonandalar Xamdam Sobirov va Jaloliddin Ahmadaliev ijrosidagi qo`shiqlardan hech qanday ruxsatsiz hamda tegishli lisenziya shartnomasini tuzmagan holda foydalanayotganligi haqida xabar qilingan edi. 

Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati bu borada Adliya boshqarmasiga murojaat bilan chiqqan. Murojaatni ko`rib chiqish davomida haqiqatan ham Andijon shahrida faoliyat yurituvchi «M.S.P.» MChJ tomonidan Xamdam Sobirov ijrosidagi «20 mart», «Tentakcham» hamda Jaloliddin Ahmadaliev ijrosidagi «Janonim», «Yor bizdan ketdi» nomli qo`shiqlari hech qanday ruxsatsiz va tegishli shartnoma tuzmagan holda omma e`tiboriga etkazilib kelinayotganligi aniqlangandi.

Ayni paytda Andijon Adliya boshqarmasi matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga xabar qilishicha, Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudiga tadbirkordan xonandalar foydasiga tovon puli undirish hamda mualliflik huquqini tiklash haqida da`vo arizasi kiritgan. Sud da`vo arizani qanoatlantirib, javobgardan da`vogarlar Jaloliddin Ahmadaliev hamda Hamdam Sobirovlarga mualliflik huquqini buzilishi natijasida kelib chiqqan har biriga 30 million so`mdan zararni undirish belgilangan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1