Germaniyaning "Mersedes-Benz" konserni Moskva viloyatidagi zavodni sotish bo`yicha kelishuvni yakunladi. Zavodda nemis avtomobillari o`rniga Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yilishi mumkin. Bu haqda "Zamon.uz" "Korrespondent"ga tayanib ma`lum qilmoqda.
Shu tariqa "Mersedes" Rossiyani tark etgan uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo`ldi. Ilgari "Renault" va "Nissan" o`z aktivlarini sotib yuborgan edi.
"Mersedes-Benz"ning RFdagi aktivlarini 2 milliard evroga baholagan. G`arb OAVning yozishicha, hozirgi vaziyatda kompaniya Rossiyadan mablag`larni olib chiqish bilan bog`liq muammolarga duch keladi.






