AsosiyDunyo

Eron Evroittifoqqa qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

'Eron Evroittifoqqa qarshi sanksiyalarni kengaytirdi'ning rasmi

Eron Evropa Ittifoqiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, deya yozmoqda “RiaNovosti”ga tayanib, "Zamon.uz".

Tehroning yangi sanksiyalari nishoniga olingan shaxslar orasida Evroparlament deputatlari, Fransiya Milliy Assambleyasi, Fransiya kommunasi rahbari, Germaniyaning “Bild” gazetasi bosh muharrirlari va Evropa Ittifoqida joylashgan nodavlat tashkilotlar rahbarlari bor.

Eron Tashqi ishlar vazirligi sanksiya qo`yilgan yuridik va jismoniy shaxslarni terrorizm, zo`ravonlik, nafrat, inson huquqlarini buzish, shuningdek, tartibsizliklarni uyushtirishni qo`llab-quvvatlashda ayblaydi. Shuningdek, sanksiyalar EI harakatlariga javoban kiritilgani qayd etilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Evropa Ittifoqi Erondagi norozilik namoyishlarini bostirgani uchun 11 shaxs va to`rt tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi.

    Boshqa yangiliklar