AsosiyJamiyat

Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyotda avariya holati yuzaga keldi

'Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyotda avariya holati yuzaga keldi'ning rasmi

Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyotida favqulodda holat yuzaga keldi. Bu haqda "Novosti Tashkenskogo neba" Telegram kanalida xabar qilindi.

Ma`lum qilinishicha, FZ-1942 yo`lovchi reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-8KN samolyoti Eron hududidan uchib o`tayotganida operator squawk 7700 signalini bergan. Bu bortda avariya holati yuzaga kelganini anglatadi. Ekipaj belgilangan manzilga yaqin aeroport — Eronning Sheroz shahridagi aeroportga qo`nishga qaror qilgan va samolyot soat 07:36 da muvafaqqiyatli qo`ndirilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar