AsosiyDunyo

Rossiyadagi o`zbekistonliklarga safarbarlikka chaqiruv keldi. Holat O`zbekiston nazoratiga olindi

'Rossiyadagi o`zbekistonliklarga safarbarlikka chaqiruv keldi. Holat O`zbekiston nazoratiga olindi'ning rasmi

Orlovdagi "EkoSiti" aksiyadorlik jamiyati chiqindilarni qayta ishlash korxonasi xodimlari safarbarlik uchun chaqiruv olishdi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar orasida 50 kishi bo`lib, ularning yarmi O`zbekiston fuqarolaridir. Ushbu fakt haqida korxona rahbari Yuriy Paraxin ma`lum qildi.

O`zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun borgan "EkoSiti" aksiyadorlik jamiyati xodimlari videomurojaat qilib, prezidenti Shavkat Mirziyoevdan mavjud vaziyatni tartibga solishda yordam so`radi. 

Ayni paytda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, holat O`zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiya Federasiyasidagi vakolatxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nazoratga olindi va tashkilot rahbariyati hamda fuqarolar bilan aloqa o`rnatilib, voqea joyiga yo`l olindi.

O`rganishlar natijasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

"Shu munosabat bilan, Rossiyadagi o`zbekistonlik mehnat migrantlaridan harbiy harakatlarga aralashmaslikni, nizoli hududlarga bormaslikni hamda bunday holatlarga duch kelsa, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va boshqa vakolatli tashkilotlaga murojaat qilishlarini so`raymiz", -* deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar