Bugun taniqli yozuvchi O`tkir Hoshimovning umr yo`ldoshi O`lmasxon aya vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ta`ziyanoma e`lon qildi.
Ma`lumot uchun: O`lmasxon Hoshimova xalq maorifi a`lochisi, I darajali "Mehnat faxriysi" ko`krak nishoni, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibasi edi.
Darakchi.uz jamoasi O`lmasxon ayaning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor qiladi.






