1

Nodirbek Abdusattorov jahon chempionatida muddatidan oldin yarim finalga chiqdi

Sport 27.10.2022, 15:16
Nodirbek Abdusattorov jahon chempionatida muddatidan oldin yarim finalga chiqdi

Ayni kunlarda Islandiyada shaxmat bo`yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionati o`tkazilmoqda.

O`zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Nodirbek Abdusattorov 3 va 4-turda mezbonlar vakili, islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi dona surgan va har ikkala partiyada ham g`alaba qozongan.

Shu tariqa, Nodirbek o`z hisobidagi ochkolar sonini 8 taga etkazib oldi va guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganda yarim final masalasini hal qildi. Bugun shaxmatchimiz 5-turda Yan Nepomnyashiyga qarshi ikkita o`yin o`tkazsa, 6-turda amerikalik Uesli So bilan o`yin kutmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1