AsosiyJamiyat

Metroda shubhali quti va ryukzak qoldirib ketildi

'Metroda shubhali quti va ryukzak qoldirib ketildi'ning rasmi

Toshkent metrosining Chilonzor yo`nalishi “Buyuk ipak yo`li” metro stansiyasida Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xodimi tomonidan elektropoezdda shubhali quti va ryukzak qoldirib ketilgani aniqlandi.

Qoldirib ketilgan buyumlar o`rindiq yonidan topilgan. Mas`ul xodim zudlik bilan navbatchilik qismiga xabar bergan. Ryukzak va qutida portlovchi qurilma bor-yo`qligini tekshirish uchun hodisa joyiga IIV maxsus guruhi jalb etilgan.

Tekshiruvlar natijasida qoldirib ketilgan ryukzak va qutida portlovchi moddalar hamda shubhali buyumlar yo`qligi aniqlangan. Oradan 30 daqiqa o`tgach, fuqaro metropoliten xodimiga murojaat qilib, poezd ichida narsalari qolib ketganligini ma`lum qilgan. Fuqaro bilan suhbat o`tkazilib, dalolatnoma tuzilgan va qoldirib ketilgan buyumlar o`z egasiga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar