Buxoro viloyatida erkak qarzdor akasini qidirib kelgan Majburiy ijro byurosi xodimlariga pichoq bilan tashlandi. Bu haqda "Markaziy studi" informasion dasturida ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, ikki marotaba oila qurib ajrashgan erkak 2 nafar farzandiga aliment to`lamay kelgan. U byuro organlaridan doimiy ravishda qochib yurgani bois erkakka nisbatan qidiruv e`lon qilingan.
Qidiruvdagi fuqaroning uyiga brogan MIB xodimlariga shu kuni qarzdorning ukasi oshxona pichog`i bilan tashlangan va tan jarohati etkazishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqaro ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.






