Argentina termasining sobiq hujumchisi va ustozi, mamlakat futboli afsonasi Diego Maradona Buenos-Ayres aeroportida qalbaki hujjatlar bilan qo`lga olindi.
Maradona o`z qallig`i Rosio Olivo bilan Dubayga yo`l olayotgan edi. Ammo hujjatlar tekshirishda sobiq futbolchida qalbaki pasport va aviachiptalar aniqlandi.
55 yoshli Maradonaga mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat berilmadi va u voqealarning barcha sabablari aniqlanmagunicha hisbga olindi.





