AsosiyDunyo

​JSST: Dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichlari 13 foizga kamaydi

'​JSST: Dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichlari 13 foizga kamaydi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Er yuzidagi epidemiologik vaziyat bo`yicha navbatdagi hisobotini e`lon qildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, o`tgan haftada dunyo bo`yicha qariyb 2,7 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu — 10-16 oktyabr sanalariga nisbatan 15 foiz kam ko`rsatkich. 

Shuningdek, kasallik oqibatida 8,5 mingdan ortiq kishi hayotdan ko`z yumdi va o`lim holatlar statistikasida 13 foiz pasayish qayd etildi.

Xususan, kasallanishlar sonining sezilarli kamayishi Afrika (-41 foiz) va Evropa (-23 foiz) mintaqasi mamlakatlarida kuzatildi. Janubiy va Shimoliy Amerika qit`alarida esa 2 foiz o`sish aniqlandi. 

O`lim holatlari ham Afrika (-72 foiz), Evropa (-24 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (-13 foiz) davlatlarida kamaydi.

O`tgan haftada eng ko`p bemorlar ro`yxatga olingan mamlakatlar:

Germaniya —  498 787 nafar,
Fransiya — 307 610 nafar, 
Xitoy — 285 348 nafar, 
AQSh — 255 116 nafar,
Italiya —252 777 nafar. 

17-23 oktyabr kunlari SOVID-19 dan eng ko`p o`lim holatlari kuzatlgan davlatlar:

AQSh — 2538 nafar,
Rossiya — 636 nafar,
Italiya — 586 nafar,
Fransiya — 484 nafar,
Xitoy — 469 nafar. 

    Boshqa yangiliklar