Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tumani bo`limining xabar berishicha, tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, markazning sobiq direktori A.Yu. ushbu markazning “Lacetti-2” rusumli avtotransport vositasini 13.12.2021 yilda auksion savdosi orqali sotish mazmunidagi yig`ilish bayonnomasini tayyorlab, aslida 98,2 mln so`mlik avtomobilni “S.S.” MChJ tomonidan o`tkazilgan auksion savdosi orqali fuqaro J.Y.ga 15,5 mln so`mga sotilganligi to`g`risida hujjatlarni rasmiylashtirib, o`zganing mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
28.10.2022 03:55
Surxondaryoda sobiq rahbar xizmat mashinasini 15,5 mln so`mga sotib yuborgani aniqlandi






