AsosiyDunyo

"Men buni insoniyatga yordam berish uchun qildim." Ilon Mask Twitter'ni sotib oldi

'"Men buni insoniyatga yordam berish uchun qildim." Ilon Mask Twitter'ni sotib oldi'ning rasmi

Ilon Mask Twitter boshqaruvini qo`lga oldi va uning top-menejerlarini ishdan bo`shatdi. Sobiq bosh direktor Parag Agraval va moliya direktori Ned Segal shtab-kvartirani tark etishdi.

"Men buni ko`proq pul topish uchun qilmadim. Men buni o`zim yaxshi ko`radigan insoniyatga yordam berishga harakat qildim", - deya, mikrobloglar xizmatini sotib olishga qaror qilgani sabablarini tushuntirishga harakat qildi, deya yozmoqda "meduza". 

Uning ta`kidlashicha, Twitter ruxsat beruvchi hudud emas, balki har kim o`zi xohlagan narsani, masalan, yosh va tajribaga e`tibor qaratgan holda, film yoki video o`yinlarni tanlashda topa oladigan do`stona va mehmondo`st platforma bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, aprel oyida Ilon Mask Twitter'ni 44 milliard dollarga yoki har bir aksiya uchun 54,20 dollarga sotib olish niyatida ekanligini ma`lum qilgan edi. Iyul oyi boshida Mask kompaniya unga botlar sonini taxmin qilish uchun ma`lumot bermaganini aytib, Twitter xarididan voz kechishini e`lon qildi. Oktyabr oyida Mask Twitter'ga kompaniyani shartlar ostida 44 milliard dollarga sotib olish bo`yicha kelishuvni qaytadan boshlashni taklif qildi.

    Boshqa yangiliklar