AsosiyJamiyat

“G`ishtko`prik” postida qimmatbaho zargarlik buyumlarini yashirincha o`tkazmoqchi bo`lgan yo`lovchi ushlandi

'“G`ishtko`prik” postida qimmatbaho zargarlik buyumlarini yashirincha o`tkazmoqchi bo`lgan yo`lovchi ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan navbatdagi holatda zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishga uringan fuqaro to`xtatib qolindi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qo`shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro hatti harakatlari bojxona xodimlarining e`tiborini tortgan. O`tkazilgan shaxsiy ko`rik natijasida fuqaroning qo`lidagi dastro`moli ichiga berkitilgan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib kursatilmagan, og`zaki surovda ma`lum qilinmagan umumiy og`irligi 240 gramm zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi. 

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ma`lumot uchun: Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to`lovlarisiz, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatgan holda umumiy og`irligi 65 grammdan ko`p bo`lmagan qimmatbaho metallar  va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini  olib kirishlari mumkin.

.

    Boshqa yangiliklar