O`zgidromet dam olish kunlari respublika hududi iliq va biroz nam havo massalari ta`siri ostida bo`lishi haqida ma`lumot berdi.
Bugun kechga tomon va ertaga respublikaning ayrim hududlarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 16-21o atrofida bo`ladi.
Yakshanba kuni respublika hududiga Volga bo`yi hududidan sovuq antisiklon kirib keladi. Respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi.
Kunduzi havo harorati 10-15o gacha pasayadi.
Dushanba kuni kuchli yomg`ir yog`ishi faqat sharqiy hududlarda saqlanib turadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati quyosh isishi hisobiga 13-18o gacha biroz ko`tariladi.
Respublikaning tog`li hududlarida 29-31-oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), 30-31-oktyabrda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi kutilmoqda.
30-31-oktyabrda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda shamol
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi kutilmoqda.Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.






