AsosiyJamiyat

Endi qonunga o`zgartirish kiritilayotganda buning zaruriyati, sabab va maqsadlarini tushuntiruvchi muqaddima bo`ladi

'Endi qonunga o`zgartirish kiritilayotganda buning zaruriyati, sabab va maqsadlarini tushuntiruvchi muqaddima bo`ladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–796, 26.10.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o`qishda ko`rib chiqish chog`ida muhokama uning nomi, muqaddimasi (agar mavjud bo`lsa), har bir moddasi bo`yicha alohida-alohida o`tkaziladi.

 “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonun bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotiga quyidagi qo`shimchalar kiritildi:

 Qonunosti hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o`z kuchini yo`qotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonunosti hujjati loyihasining nomida mazkur loyiha bilan kiritilayotgan asosiy o`zgartish va qo`shimchalarning mohiyati ko`rsatilishi kerak.

 Normativ-huquqiy hujjatlarga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o`z kuchini yo`qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha, qoida tariqasida, uni qabul qilish zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega bo`ladi.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar