11,4 gektar er maydonini 550 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Olmazor tuman bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar K.B. va E.K. Bo`stonliq tumani, “G`azalkent” QFY hududidan K.B.ga uzoq muddatga vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan jami 11,4 gektar bog`dorchilik er maydonini boshqa bir fuqaro D.A.ga firibgarlik yo`li bilan 550 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






