AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 30-31 oktyabr kunlari kutilayotgan magnit bo`roni haqida ma`lumot berdi

'"O`zgidromet" 30-31 oktyabr kunlari kutilayotgan magnit bo`roni haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

"O`zgidromet"ning xabariga ko`ra, 30-31 oktyabr kunduz kunlari respublika hududlarida 4 ballik magnit bo`ron xavfi e`lon qilinmoqda. Bu yuqori darajali xavf emas, ammo ko`pchilik o`zida uning ta`sirini bilinar bilinmas his qilib turadi. 

Darvoqe, 30 va 31 oktyabr kunlari hududlarga past bosimli havo oqimi ham tashrif buyurmoqda. Bu siklonik jarayon bo`lib, atmosfera bosimi pasayishiga olib keladi.

Siklon ta`siriga eng sezgir kishilar bular qon bosimi, nafas olish tizimining buzilishi, buyrak va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og`rigan bemorlardir. 

Siklon yuqoridagi kasalliklarga ega bemor inson tanasiga salbiy ta`sirning asosiy ko`rinishlari: nafas olish qiyinlashishi, nafas qisilishi, havoning etishmasligi va umumiy zaiflilik. Bular tabiiy muhitda siklon paytida nam havo hisobiga kislorod miqdorining biroz pasayishi, etishmasligi tufayli yuzaga keladi.

Ko`pincha, siklon paytida bemor odamlarning intakranial bosimi ko`tariladi, natijada, og`ir migren (nerv-asab kasallik) boshlanadi. Bundan tashqari, atmosfera bosimi keskin pasayganda sog`lom kishilarda ham ba`zan oshqazon va ichakning noto`g`ri ishlashi kuzatilgan (bizda atmosfera bosimining keskin pasayish prognozlari yo`q)

Siklon paytida qon bosimini doimiy kuzatib turish kerak. Bu paytda sizga ko`p miqdorda suv ichish, engil dush, tinch va ko`proq uyqu, shuningdek, ertalab kofe ichishga urg`u berish tavsiya etiladi.  

Atmosfera bosimi past bo`lgan davrlarda umumiy salomatlikka e`tibor berish uchun limon o`tlari yoki ginseng (jenshen) damlamasini ichish mumkin.

Siklon O`zbekistonda ko`p muddat kuzatilmaydi. Davomiyligi nisbatan kam bo`ladi. Lekin juda kam hollarda ayrim keng masshtabli siklon oqimida davomiylik bir sutkaga boradi.

    Boshqa yangiliklar