Sog`liqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo`lgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko`radi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Bu haqda "Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.
Hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga bo`lgan ehtiyoj aniqlanib, u erga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi.
Tibbiy yo`nalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilari biriktiriladi, deyiladi xabarda.
29.10.2022 09:07
1 noyabrdan shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat beriladi






