O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikada yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatiladi. Havo harorati 10-15° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.






