Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qora dengiz don tashabbusi global oziq-ovqat xavfsizligining kalitidir - deydi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli. Bu haqda britaniyalik vazir 29 oktabr kuni kechqurun tvitterdagi sahifasida yozgan.
Rossiyani dunyoning ochlik yoqasida turgan yoki hozirdanoq unga duchor bo`lgan mintaqalariga g`alla etkazib berish imkoniyatini ta`minlashga chaqirdi.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qora dengiz don tashabbusi global oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega. Rossiyaga butun dunyo bo`ylab ochlikdan aziyat chekayotgan odamlarga don etkazib berishga ruxsat berish kerak”, — dedi Jeyms Kleverli o`z bayonotida.






