1

Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionatida to`rtinchi o`rinni qo`lga kiritdi

Sport 31.10.2022, 10:57
Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionatida to`rtinchi o`rinni qo`lga kiritdi

Kecha, 30 oktyabr kuni Islandiyada bo`lib o`tgan Fisher shaxmati bo`yicha Jahon chempionati o`z nihoyasiga etdi.

Unda Nodirbek Abdusattorov uchinchi o`rin uchun kechgan bahsda Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. Dastlabki partiyani o`z foydasiga hal qilgan Nodirbek keyingi uchta o`yinni boy berdi.

Shu tariqa o`zbekistonlik shaxmatchi mazkur musobaqada to`rtinchi o`rin bilan cheklandi va 40 ming dollar mukofot puliga ega bo`ldi. Finalda AQSh vakili Hikaru Nakamura esa rossiyalik Yan Nepomnyashiyni engib, chempionga aylandi.

Sakkiz nafar grossmeyster ishtirok etgan musobaqada O`zbekiston vakili Abdusattorov o`z guruhida birinchi o`rinni egallab, yarim finalga chiqdi. Final yo`lida Nodirbek Nakamuraga engilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1