AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada migrantlar markaziga o`t qo`yildi

'Buyuk Britaniyada migrantlar markaziga o`t qo`yildi'ning rasmi

Britaniyaning Duvr port shahrida noma`lum shaxs La-Mansh bo`g`ozini noqonuniy kesib o`tgan muhojirlarni qabul qilish markaziga o`t qo`yish moslamalarini uloqtirdi. Ikki kishi engil tan jarohati oldi. 30 oktyabr, yakshanba kuni Kent grafligi polisiyasi ma`lum qilishicha, ko`p o`tmay hujumda gumon qilingan shaxs jinoyat joyi yaqinidagi yonilg`i quyish shoxobchasida o`lik holda topilgan.

Reuters xabariga ko`ra, hujumni oq tanli erkak amalga oshirgan, u oq Seat mashinasida migrantlarni qabul qilish markaziga borib, unga "Molotov kokteyli" uloqtirgan. Shundan so`ng u yaqin atrofdagi yonilg`i quyish shoxobchasiga borib, o`zini o`ldirgan. Rasmiylar o`z joniga qasd qilish haqidagi ma`lumotni hali tasdiqlaganicha yo`q. Irqchilik sabab bo`lgani taxmin qilinayotgan o`t qo`yish holati yuzasidan tergov boshlandi.

Xabarlarga ko`ra, Duvrda muhojirlarga qarshi namoyishlar muntazam ravishda o`tkaziladi. Mahalliy deputat Natali Elfikning aytishicha, so`nggi paytlarda keskinlik yanada kuchaygan. Joriy yilda 38 000 dan ortiq odam La-Manshni noqonuniy kesib o`tdi, bu 2021 yilga nisbatan sezilarli o`sishdir. Buyuk Britaniyaning konservativ hukumati muhojirlar oqimini radikal choralar bilan cheklashga harakat qilmoqda - xususan, rasmiylar mamlakatga noqonuniy ravishda kelganlarni Ruandaga chiqarib yuborishni rejalashtiryapti.

    Boshqa yangiliklar