​JSST Ebola virusi keng tarqalishidan xavotirda

Salomatlik 31.10.2022, 12:23
​JSST Ebola virusi keng tarqalishidan xavotirda

Shu kunlarda Afrika qit`asining Uganda davlatida Ebola virusi tarqalmoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus xastalik epidemiyaga aylanib, boshqa hududlar aholisiga ham xavf solishidan jiddiy tashvishda.

Aslida, xavotirlar o`rinsiz emas. Chunki Uganda Sog`liqni saqlash vazirligi 20 sentyabr kuni mamlakatda ilk kasallanish holati ro`yxatga olinganini ma`lum qilgan edi. 

Biroq oradan ikki hafta o`tib, virus dastlabki o`chog`i bo`lgan — Mubende tumanidan to`rtta qo`shni tumanga tarqalib ulgurdi.

“Ebolani jilovlash oson kechmaydi, — deydi JSST rahbari. — Buning uchun birgalikdagi sa`y-harakatlarni kuchaytirish lozim. Qolaversa, xastalik haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish epedimiyaga qarshi kurash samaradorligini oshiradi."

Eslatib o`tamiz, Ebola virusining yashirin muddati 21 kungacha davom etadi. Eng yomoni, uni yuqtirganlarning o`rtacha 50 foizi kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumadi. Hatto ba`zi hollarda bu ko`rsatkich 90 foizga ham etgan.

Bu ma`lumotlarni SSV matbuot kotibi vazirlikning rasmiy telegram kanalida yozib qoldirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1