1

"Boshqa klub topishi kerak, deb o`ylayman" Odil Ahmedov Shomurodovga“Roma”dan ketishni tavsiya qildi

Sport 31.10.2022, 20:12
"Boshqa klub topishi kerak, deb o`ylayman" Odil Ahmedov Shomurodovga“Roma”dan ketishni tavsiya qildi

O`zbek futbolining oxirgi yillardagi eng yorqin yulduzlaridan biri, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi, ikki karra O`zbekiston chempioni Odil Ahmedov Eldor Shomurodovga“Roma”dan ketish bo`yicha tavsiya berdi.

" Eldor bilan aloqadaman. Haqiqatan, “Roma”dagi ishlari yurishmay qoldi. Qishda boshqa klub topishi kerak, deb o`ylayman. Imkon qadar Evropadan. Shomurodov u erda o`zini va darajasini ko`rsata oldi. O`ziga ajratilgan daqiqalarda ham yaxshi o`ynadi, gol urdi. Lekin Rossiya premer-ligasiga qaytmasligi kerak", — deydi u.

Ma`lumot uchun, Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin O`zbekiston futbol assosiasiyasida vise-prezident bo`lib ishlamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1