Rossiya bankining muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkoniyati masalasi Evropa Ittifoqida o`rganila boshlandi. Bu jarayon dastlabki bosqichda, huquqshunoslar g`oyani amalga oshirish yo`llarini o`rganmoqda.
Ta`kidlanishicha, Evropa Ittifoqi Rossiya Federasiyasi Markaziy banki aktivlaridagi muzlatilgan milliardlab evroni Ukrainani qayta tiklashga yordam berish uchun ishlatish imkoniyatini o`rganmoqda.
Rossiya aktivlaridan bunday foydalanish tashabbusi AQShdan chiqqan.
Avvalroq Evrokomissiya rahbari Evropa Ittifoqi maqsadini Rossiya aktivlarini muzlatish emas, balki musodara qilish deb atagan edi. Buni qonuniy yo`l bilan amalga oshirish oson bo`lmasligi, shu bois rejani amalga oshirish uchun huquqiy asos tayyorlash zarurligini ta`kidlagan.
Bloomberg: Evropa Ittifoqi Rossiya Markaziy banki aktivlarini Ukrainaga o`tkazish niyatida






