AsosiyJamiyat

O`zbek olimlari yangi uskuna ixtiro qilishdi

'O`zbek olimlari yangi uskuna ixtiro qilishdi'ning rasmi

O`zbekiston Fanlar akademiyasi M.T.O`rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan “Materialga ishlov berish tezligini avtomatik boshqaruvchi valli mashina” konstruksiyasi ishlab chiqildi va ixtiroga patent olindi.  Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Ushbu ishlanma teri xom-ashyosiga mexanik ishlov berishda ishchi vallar uzatmasini tezligini reostat yordamida materialning yuzasi bo`yicha qalinligining o`zgarishiga mos ravishda texnologik jarayonning tezligi avtomatik holda boshqariladi.  

Ushbu valli texnologik mashinani qo`llash orqali charm-poyabzal sanoatida qalinligi va kengligi xilma-xil bo`lgan teri xom-ashyolardan sifatli charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishiladi. Bir so`z bilan aytganda bu ishlanma mamlakatimizda charm-poyabzal sanoatining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

    Boshqa yangiliklar