AsosiyDunyo

Eron Rossiyaga dronlar etkazib berganini tan oldi

'Eron Rossiyaga dronlar etkazib berganini tan oldi'ning rasmi

Eron Rossiyaga Ukraina mojarosidan bir necha oy oldin dronlar bergan. Bu haqda mamlakat TIV ma`lum qildi, deya yozmoqda zamon.uz

“Eron Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlar etkazib bergan, ammo uning soni ko`p emas va bu Ukrainadagi mojarodan bir necha oy avval amalga oshirilgan”, – degan tashqi ishlar vaziri Amir Abdulahiyan.

So`nggi vaqtlarda Moskva Ukrainada Eron dronlaridan keng foydalanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. O`z navbatida RF buni bir necha marta inkor qildi. Bungacha Eron TIV ham ushbu xabarlarni “feyk” deb atagandi. G`arb tahlilchilari rus armiyasi “Shahed 136” dronidan foydalanayotganini, u “Geran-2” deb nomlanganini ta`kidlab keladi.

    Boshqa yangiliklar