“Manchester Siti” jamoasi hujumchisi Serxio Agueroni Angliya futbol uyushmasi tomonidan Angliya chempionatining 3 o`yiniga chetlatildi.
“Vest Xem”ga qarshi (3:1) Angliya chempionati 3-turida argentinalik forvard raqib futbolchisi Uinston Ridga tirsagi bilan zarba berdi.
Shu tariqa, hujumchi 10 sentyabr kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi muhim o`yinni hamda “Bornmut” va “Suonsi”ga qarshi o`yinlarni o`tkazib yuboradi.





