1

Dzyudo tarixida ilk bor o`zbek qizi jahon reytingida etakchiga aylandi

Sport 08.11.2022, 10:53
Dzyudo tarixida ilk bor o`zbek qizi jahon reytingida etakchiga aylandi

Boku «Katta Dubulg`a» turniridan so`ng Xalqaro dzyudo federasiyasi sportchilarning yangilangan reytingini e`lon qildi. 

Ahamiyatlisi, musobaqadagi g`alabasi evaziga terma jamoamiz a`zosi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasi peshqadamiga aylandi.

Qayd etish joiz, shu paytgacha hech bir dzyudochi qizimiz dunyo reytingida 1-o`ringa ko`tarilmagan edi. Shu tariqa, jahon tasnif jadvalini boshqarib borayotgan hamyurtlarimiz soni ikki nafarga etdi. Garchi, Bokudagi musobaqani o`tkazib yuborgan bo`lsada, Davlat Bobonov ham karvonboshiligini saqlab qoldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1