Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.Ch. “F.B.” MChJ rahbari A.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Do`mbirobod” MFY hududida qurilayotgan ko`p qavatli savdo kompleksi oldida joylashgan umumiy maydoni 428,4 m2 bo`lgan avtoturargohda ushbu MChJ tomonidan zamonaviy ko`rinishdagi savdo shoxobchalarini qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yo`li bilan tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, A.Ch. o`z ixtiyori bilan 35 000 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
09.11.2022 06:05
Chilonzorda tadbirkorning 35 000 dollarini "uxlatgan" firibgar aniqlandi






