Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi Slovakiyaga qarshi (1:0) JCh–2018 turniriga saralash bahsida maydonga tushib, yangi rekord sohibiga aylandi. Bu haqda iSport.ua portali ma`lum qilmoqda.
Angliya termasi safida 116-marta maydonga tushgan Ueyn Runi ushbu ko`rsatkich bo`yicha Devid Bekxemni ortda qoldirdi va ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi.
Angliya tarkibida eng ko`p o`yinni Piter Shilton o`tkazgan. Uning xisobida 125 ta uchrashuv bor.





