Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video keng muhokamalarga sabab bo`ldi. Unda tadbirkorlarning bojxona organi xodimlaridan noroziliklari aks etganini ko`rish mumkin. Kimdir yuk olib o`tish bilan bog`liq bir qator muammolarni aytgan bo`lsa, yana kimdir xorijiy valyutalarni olib o`tish bilan bog`liq qiyinchiliklarga to`xtalgan.
Shu munosabat bilan Davlat bojxona qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Ilhom Muxtorov ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqotda intervyu bergan tadbirkor va boshqa fuqarolar ham ishtirok etishdi. Ammo, video materialni tayyorlagan jurnalist kelmadi. Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriev jurnalist video tayyorlangandan so`ng bojxona qo`mitasiga chaqirilib, barcha savollarga javob berilgani va ushbu ochiq muloqotga taklif etilgani, lekin jurnalist kelmaganini ma`lum qildi.
"Aynan shu materialni tayyorlagan bloger taklif qilingan edi. Avval aytib o`tganimdek ular bilan Davlat bojxona qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari qabul qilib, vaziyat tushuntirib berildi, u qaerda xato qilgani, qaerda noxolislik borligi aytildi", - Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriev.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning barcha savollariga batafsil javob berildi. Xususan, xorijiy valyutalarni O`zbekistonga olib kirishda hech qanday muammo yo`qligi, xorijiy valyutalarni olib kirishda me`yori cheklanmagani aytildi.
“Valyuta olib kirishda me`yor belgilanmagan. Agar haqiqatdan shunda voqea bo`lgan bo`lsa biz ushbu vaziyatga o`rganib chiqishga tayyormiz. Lekin qonunchilikda hech qanday cheklov yo`q", deya ta`kidladi Valyuta nazorati boshqarmasi boshlig`i Ulug`bek Tajiev.
VIDEO
Bundan tashqari bojxona omboriga yog` mahsuloti topshirilib, qayta ishlangan yog` mahsuloti olingan masalaga ham alohida to`xtalib o`tildi.
Video
Tadbir so`ngida Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriev videoda aytilgan har bir holat o`rganib chiqilgani va bojxona qo`mitasi 2-3 ta tashqi iqtisodiy faoliyatda ishlovchilar fikri bilan butun tizimni obro`sizlantirishga shunchaki tomoshabin bo`lib turmaslikni aytib o`tdi.
Video
Oybek Shukurov






